Shavkat Mirziyoyev Samarqandga jo‘nab ketdi
15.04.2021
Prezident Shavkat Mirziyoyev hududlardagi o‘zgarishlar, aholi hayoti bilan yaqindan tanishish maqsadida Samarqand viloyatiga jo‘nab ketdi.
Tashrif dasturi juda tig‘iz. Shahar va tumanlardagi sanoat korxonalari, turizm majmualari, transport infratuzilmasi, yangi uylarni borib ko‘rish rejalashtirilgan. Safarning ikkinchi kuni xalq deputatlari, aholi vakillari bilan yig‘ilish o‘tkazilib, viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish istiqbollari belgilanadi.