Oliy darajadagi muzokaralar boshlandi
30.03.2021
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban 29-mart kuni rasmiy tashrif bilan mamlakatimizga keldi.
30-mart kuni Ko‘ksaroy qarorgohida oliy martabali mehmonni rasmiy kutib olish marosimi bo‘ldi. Shavkat Mirziyoyev va Viktor Orban shohsupaga ko‘tarildi. O‘zbekiston va Vengriya davlat madhiyalari yangradi.
Marosimda ikki mamlakat rasmiy delegatsiyasi a’zolari ham hozir bo‘ldi.
Ayni paytda tor doiradagi muzokaralar bo‘lib o‘tmoqda.