icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
O‘zbekiston Prezidenti xalqaro konsultantlar bilan uchrashdi

23.03.2021

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 23-mart kuni xalqaro konsultantlar – Alfred Guzenbauer, Aleksandr Kvasnevskiy va Shtefan Fyuleni qabul qildi.

Xalqaro konsultantlar guruhining asosiy vazifasi mamlakatimizning Yevroittifoq davlatlari bilan ko‘p qirrali hamkorligini rivojlantirish va kengaytirishga, islohotlar dasturini amalga oshirishda xorijning ilg‘or tajribasini o‘rganish va joriy etishga, investitsiya va ishbilarmonlik muhitini takomillashtirishga, O‘zbekiston iqtisodiyotiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar va ilg‘or texnologiyalarni jalb qilishga, Yevropa ishbilarmon doiralari bilan sheriklikning samarali mexanizm va vositalarini shakllantirishga ko‘maklashishdan iborat.

Ta’kidlash joizki, turli yillarda yuksak davlat lavozimlarini egallagan konsultantlar bugungi kunda Yevropadagi rasmiy, ishbilarmon va jamoatchilik doiralarida yuqori xalqaro nufuzga ega bo‘lib, yetakchi konsalting, investitsiya va sanoat kompaniyalarida ishlab, salmoqli tajriba to‘plaganlar.

Xususan, «Gusenbauer Projektentwicklung & Beteiligung» konsulting kompaniyasining ta’sischisi Alfred Guzenbauer 2000-yillarda Avstriya Federal kansleri bo‘lib faoliyat yuritgan. «Amicus Europae» fondi rahbari Aleksandr Kvasnevskiy Polsha Prezidenti bo‘lgan. Bugungi kunda «CITIC Europe Holdings» kompaniyasi maslahatchisi sifatida faoliyat ko‘rsatayotgan Shtefan Fyule Yevropa Ittifoqining kengayish va yaxshi qo‘shnichilik siyosati masalalari bo‘yicha komissari lavozimida muvaffaqiyatli ishlagan.

Uchrashuvda mamlakatimizni isloh qilish va institutsional jihatdan rivojlantirishning dolzarb masalalari yuzasidan ochiq va konstruktiv fikr almashildi.

Mehmonlar O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan yangilanishlar dasturini yuqori baholadilar va to‘liq qo‘llab-quvvatladilar. Ayniqsa, koronavirus pandemiyasi bilan bog‘liq murakkab sharoitlarda olib borilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy siyosatning yutuqlari va aniq natijalari, shuningdek, O‘zbekistonning global va mintaqaviy iqtisodiy jarayonlarga integratsiyalashuvi sari sezilarli sa’y-harakatlari alohida qayd etildi.

Konsultantlarning O‘zbekistonda iqtisodiy islohotlarning uzoq muddatli strategiyasini tayyorlash, davlat boshqaruvi tizimini yanada takomillashtirish, mamlakatimizning xorijiy sheriklar bilan o‘zaro manfaatli munosabatlarini kengaytirishga doir tavsiyalari ko‘rib chiqildi.

Yurtimizda investitsiya muhitini yaxshilash va uning shaffofligini oshirish, bozor mexanizmlarini keng joriy etish va raqobat muhitini shakllantirish, bank-moliya sohasi va kapital bozorini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratildi.

Konsultantlar, shuningdek, iqtisodiyotning izchil transformatsiya qilinayotgani va xorijiy kapital uchun ochiqligi ortayotgani tufayli Yevroittifoq mamlakatlari bilan investitsiya va innovatsiyalar borasidagi hamkorlikni kengaytirish uchun katta imkoniyatlar shakllanayotganini qayd etdilar.

O‘zbekiston bilan YeI o‘rtasidagi hamkorlikning bugungi yuksak darajasini saqlash, o‘zaro manfaatli aloqalarni mustahkamlash va amaliy mazmun bilan boyitish, kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi bitimni tez fursatda qabul qilish hamda mamlakatimizning Jahon savdo tashkilotiga qo‘shilishini qo‘llab-quvvatlash masalalari ustuvor ahamiyatga ega ekani ta’kidlandi.

Savdoni liberallashtirish hamda o‘zaro tovar ayirboshlash va investitsiyalarni ko‘paytirishga to‘sqinlik qilayotgan g‘ovlarni bartaraf etish, bozorlarga chiqish masalalarida hamkorlik qilish mexanizmlari ham ko‘rib chiqildi.

Uchrashuv yakunida yaqin hamkorlik va faol almashinuvlarni davom ettirish to‘g‘risida kelishuvga erishildi. Yaqin istiqboldagi amaliy hamkorlikning birinchi galdagi vazifalari va formati kelishib olindi.

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo