icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
Toshkentda talabalarning Milliy ilmiy-ma’rifiy markazi bunyod etiladi

21.04.2017

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Talabalar shaharchasi hududida quriladigan axborot-resurs markazi loyihasi bilan tanishdi.

Mamlakatimizda ta’lim tizimi izchil takomillashtirilmoqda. Davlatimiz rahbarining joriy yil 20-apreldagi «Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori mazkur tizim sifatini yangi bosqichga ko‘taradi. 

Ushbu qarorda ko‘plab chora-tadbirlar qatori yangi avlod o‘quv adabiyotlarini yaratish va ularni oliy ta’lim muassasalarining ta’lim jarayoniga keng tatbiq etish, oliy ta’lim muassasalarini zamonaviy o‘quv, o‘quv-metodik va ilmiy adabiyotlar bilan ta’minlash, shu jumladan, eng yangi xorijiy adabiyotlar sotib olish va tarjima qilish, axborot-resurs markazlari fondlarini muntazam yangilab borish bo‘yicha vazifalar belgilangan. 

Talabalar shaharchasida qurilishi rejalashtirilayotgan axborot-resurs markazi ana shunday zamonaviy talablarga javob beradi. Markaz elektron-resurslar, davriy adabiyotlar, mutolaa, multimedia va konferensiya zallarini o‘z ichiga oladi. Bu Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti, Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti, Abdulla Avloniy nomidagi xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markaziy instituti, o‘rta-maxsus ta’lim maskanlari o‘quvchi va talabalari, professor-o‘qituvchilariga katta qulaylik yaratadi. 

Prezidentimiz markaz loyihasi va konsepsiyasini takomillashtirish, uning qamrovini kengaytirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi. Majmuani O‘zbekiston talabalarining Milliy ilmiy-ma’rifiy markazi tarzida tashkil etish, dunyo universitetlari bilan hamkorlik o‘rnatish, xalqaro talablar darajasidagi kadrlar tayyorlash, professor-o‘qituvchilarning ilmiy anjumanlarini yo‘lga qo‘yish zarurligini ta’kidladi.

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo