
Shavkat Mirziyoyev Buxoroga jo‘nab ketdi
21.01.2021
Prezident Shavkat Mirziyoyev hududlar rivoji, aholi hayoti bilan yaqindan tanishish maqsadida 21-yanvar kuni Buxoro viloyatiga jo‘nab ketdi.
Safar davomida agrosanoat, to‘qimachilik, axborot texnologiyalari, tibbiyot sohalaridagi korxonalar, shahar va tumanlardagi bunyodkorlik ishlarini ko‘zdan kechirish rejalashtirilgan.