icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
Senatning yangi binosi qurilishi ko‘zdan kechirildi

15.01.2021

Prezident Shavkat Mirziyoyev bugun, 15-yanvar kuni Toshkent shahridagi bunyodkorlik ishlari, korxonalar faoliyati bilan tanishmoqda.

Qiyin sinovlar keltirgan 2020-yil ortda qolib, yangi yil kirib keldi. Bu yil barchaga yangi umidlar bag‘ishlamoqda. Bunga hamohang barcha sohalarda, joylarda yaxshi o‘zgarishlar ro‘y bermoqda.

Xususan, poytaxtimizda ham qurilish, yangilanish davom etmoqda. Shahar markazidagi Islom Karimov ko‘chasida Oliy Majlis Senati uchun yangi bino hozirlanayotganidan ko‘pchilik xabardor. Loyihaga ko‘ra, 6 qavatli eski bino tubdan rekonstruksiya qilinib, qo‘shimcha ob’ektlar qurilmoqda. Bugungi kunda muhandislik tarmoqlari montaj qilinyapti.

Davlatimiz rahbari shu boradagi ishlarni ko‘zdan kechirdi.

O‘zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi oliy davlat vakillik organi bo‘lib, qonun chiqaruvchi hokimiyatni amalga oshiradi. Shu bois, Senatda doim ish “qaynaydi”. Yuqori palataning hayoti muhokama va muzokaralarga boy. Xorijiy delegatsiyalar ham ko‘p tashrif buyuradi. Parlament nazoratining o‘zi katta va o‘ta muhim vazifa.

Yangi binoda ana shunday barcha jihatlar inobatga olinib, senatorlar uchun eng zamonaviy sharoitlar yaratilmoqda. Jumladan, Oliy Majlis palatalarining qo‘shma majlisini o‘tkazish uchun 280 o‘rinli zal tashkil etilmoqda. U milliy naqshlar bilan bezatilgan, zamonaviy texnikalar bilan jihozlangan bo‘ladi.

Prezident bu yerda qulayliklarni oshirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.

- Parlamentimiz faol ishlayapti. Majlislar paytida bitta qonun loyihasi soatlab muhokama qilinadi. Shuning uchun ishtirokchilarning harakatlanishi, salomatligi, yoshi bilan bog‘liq har bir jihatni e’tiborga olish, shunga yarasha qulaylik yaratish zarur. Zalga quyosh nuri tushib tursa, kayfiyatga, ishga yaxshi ta’sir qiladi, - dedi Shavkat Mirziyoyev.

Yangi binoda delegatsiyalar bilan uchrashuvlar, matbuot anjumanlari, ommaviy axborot vositalari vakillari uchun ham barcha sharoitlar yaratiladi.
 

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo