icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
Prezident kinoijodkorlar bilan muloqot qildi

20.11.2020

Shavkat Mirziyoyev “O‘zbekfilm” kinostudiyasida amalga oshirilgan ishlarni ko‘zdan kechirdi.

Davlatimiz rahbari Oliy Majlisga joriy yilgi Murojaatnomasida kinematografiya sohasida badiiy jihatdan yetuk asarlar yaratish, zamonaviy kinoindustriyani rivojlantirish, jumladan, yangi kinoteatrlar qurish lozimligini ta’kidlagan edi.

Shu maqsadda sohaga katta mablag‘ yo‘naltirildi. Xususan, “O‘zbekfilm”dagi barcha pavilonlar ta’mirlanib, yangi kartinalar suratga olish uchun sharoit yaxshilandi. Mazkur kinostudiya va hujjatli filmlar studiyasini zamonaviy texnikalar bilan jihozlash davom etmoqda.

Prezidentimiz shu yerda kino san’ati faxriylari, rejissyorlar, soha mutacaddilari bilan suhbatlashdi.

- Kino juda murakkab, xalqimiz, jamiyatimiz uchun muhim soha, - dedi Shavkat Mirziyoyev uchrashuvda. - Ilgari  “O‘zbekfilm” studiyasi xaroba holga kelib qolgandi. Ko‘p joylari, binolari ijaraga berib yuborilgandi. Mana, hammasi o‘z egasiga - kinochilarga qaytarildi.

Yetarli e’tibor bo‘lmagani sababli mamlakatimiz kino san’atida turg‘unlik paydo bo‘lgan edi. Faqat yengil-yelpi, tijorat kartinalari yaratilib, soha rivoji dunyodan ortda qolib ketdi.

Keyingi paytlarda e’tibor va rag‘bat berilgani bois kinoasarlar mazmuni o‘zgardi. Xususan, «Imom Termiziy», «Islomxo‘ja», «Elparvar», «Qo‘qon shamoli», «101», «Ibrat» kabi tarixiy filmlar ishlandi.

- Oxirgi yillarda yaratilgan kinolarimizning soni kam bo‘lsayam, ma’nosi bor, - dedi Shavkat Mirziyoyev.

O‘zbek tomoshabini faqat chet el teleseriallari ta’siriga tushib qolmasligi, aksincha, tariximiz, san’atimiz, adabiyotimiz, qadriyatlarimizni yaxshi bilishi, shu ruhda tarbiya topishi kerakligi ta’kidlandi.

- Kino - tarbiyaning zamini. Bu ijodning maktabini ochishimiz kerak. Hozir mukammal filmlar yaratishga havasimiz bor, lekin sifatlisi kam. Yurtimiz tarixi haqida albatta film bo‘lishi kerak. Bunga vaqt keldi, - dedi davlatimiz rahbari.

Энг сара ўзбек фильмлари 100 талигини тузиб, давлат ва хусусий телеканалларда намойиш қилиш бўйича тавсиялар берилди.

Президентимиз миллий кино санъатимиз фидойиларини эътироф этиш мақсадида ҳар бир ҳудуд умумтаълим мактабларига Раззоқ Ҳамроев, Шукур Бурҳонов, Наби Раҳимов, Ҳамза Умаров, Лутфихоним Саримсоқова каби эл севган ижодкорлар номини беришни таклиф қилди.

Жаҳон киносаноати ютуқларини ўрганиш ва татбиқ этиш, ижодкорлар малакасини ошириб бориш, хусусан, ёшларни Россия давлат кинематография институтида ўқитиш бўйича фикрлар билдирилди. Шунингдек, болалар учун киностудия ташкил килиш ғояси ҳам илгари сурилди.

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo