Misr Prezidentiga hamdardlik maktubi
11.04.2017
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Misr Arab Respublikasi Prezidenti Abdulfattoh As-Sisiga Tanta va Iskandariya shaharlarida sodir etilgan mudhish terrorchilik harakatlari oqibatida ko‘plab begunoh insonlarning qurbon bo‘lgani va jarohat olgani munosabati bilan hamdardlik maktubi yo‘lladi.
Davlatimiz rahbari Misr Prezidenti, Misr xalqi va halok bo‘lganlarning yaqinlariga samimiy ta’ziya va hamdardlik bildirib, jarohat olganlarga tez fursatlarda shifo topishlarini tiladi.