
Shvetsiya Qiroliga hamdardlik
08.04.2017
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Shvetsiya Qiroli Karl XVI Gustavga Stokgolm shahrida sodir etilgan terrorchilik harakati oqibatida insonlar halok bo‘lishi munosabati bilan chuqur hamdardlik bildirib maktub yo‘lladi.
Davlatimiz rahbari halok bo‘lganlarning oila a’zolari va yaqinlariga samimiy hamdardlik va dalda so‘zlarini yetkazdi hamda barcha jarohat olganlarga tez orada sog‘ayishni tiladi.