O‘zbekiston va Tojikiston Prezidentlari ikki tomonlama va mintaqaviy hamkorlik masalalarini muhokama qildilar
07.10.2020
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 7-oktabr kuni Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon bilan telefon orqali muloqot qildi.
Suhbat chog‘ida ikki mamlakat hamkorligining dolzarb masalalari muhokama qilindi. Mintaqadagi vaziyat yuzasidan fikr almashildi, bo‘lajak oliy darajadagi uchrashuvlar rejasi ko‘rib chiqildi.
Davlat rahbarlari O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasidagi strategik sheriklik va ko‘p qirrali munosabatlarni mustahkamlash, Markaziy Osiyoda barqarorlik va izchil taraqqiyotni ta’minlash borasida qat’iy ekanliklarini ta’kidladilar.