icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
Shavkat Mirziyoyev: Toshkentda nima yangilik bo‘lsa, Nukusga kelishi kerak

02.10.2020

Davlatimiz rahbari Nukus shahrida barpo etilayotgan ko‘p qavatli uy-joylar va IT-parkni borib ko‘rdi.

Tatibay ko‘chasida 160 ta xonadonga mo‘ljallangan ikkita 16 qavatli uy qurilmoqda. Mazkur turar joy majmuasi zamonaviy dizaynda, zilzilaga bardoshli bo‘ladi. Tashqi devorlar bir necha qatlamdan iboratligi bois uylar energiyani tejaydi. 

Majmua 2021-yilda bitkaziladi. Xonadonlar yashash uchun tayyor holda topshiriladi.

Prezident yangi uylarning shou-rumida bo‘lib, ularda yaratiladigan sharoitlar bilan tanishdi.

Shu yerda IT-park ham qurilmoqda.

Ma’lumki, bu yil mamlakatimizda “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili” deb e’lon qilingan. 8 -yun kuni Prezident huzurida o‘tkazilgan taqdimotda hududlarda soha rivojiga sharoit yaratish, Buxoro, Namangan, Nukus, Samarqand, Urganch va Jizzax shaharlarida Toshkentdagi IT-park filiallarini tashkil etish bo‘yicha vazifalar belgilab berilgan edi.  

Nukus shahrida barpo etilayotgan IT-park 16 qavatdan iborat bo‘ladi. Uni 2021-yilda ishga tushirish rejalashtirilgan.

Davlatimiz rahbariga Qoraqalpog‘istonda yoshlarni axborot texnologiyalariga o‘qitish va shu sohada bandligini ta’minlash rejasi to‘g‘risida ma’lumot berildi. IT-parkda axborot texnologiyalari bo‘yicha mutaxassislar qishloq xo‘jaligi, sog‘liqni saqlash, kommunal xo‘jalik, ta’lim, turizm, madaniyat, qurilish va transport kabi sohalarda turli istiqbolli loyihalar ustida ish olib boradi. Shuningdek, raqamli texnologiyalar o‘quv maskani, kovorking markazi, o‘quv va kibersport xonalarida yoshlar malakasi oshiriladi.

- Toshkentda nima yangilik bo‘lsa, Nukusga kelishi kerak, - dedi Prezident. - Yangicha ishlamasak, zamon qabul qilmaydi.

Davlatimiz rahbari Toshkent shahri tumanlarini Nukus shahri mahallalariga biriktirish, ko‘chalarni yoritib, obodonlashtirib, savdo va xizmat shoxobchalarini ko‘paytirish, aholining dam olishi uchun sharoitlarni kengaytirish zarurligini ta’kidladi.

Shuning bilan Prezident Shavkat Mirziyoyevning Qoraqalpog‘istonga safari yakuniga yetdi.

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo