icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
O‘zbekiston Prezidenti MDH Ijroiya qo‘mitasi raisi – Ijrochi kotibini qabul qildi

06.04.2017

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 6-aprel kuni Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Tashqi ishlar vazirlari kengashining navbatdagi majlisida ishtirok etish uchun mamlakatimizga kelgan MDH Ijroiya qo‘mitasi raisi – Ijrochi kotibi Sergey Lebedevni qabul qildi.

Davlatimiz rahbari mehmonni qutlar ekan, Hamdo‘stlik doirasida o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish va mustahkamlash masalasiga muhim ahamiyat qaratilayotganini alohida ta’kidladi. Bugungi kunda MDH ko‘p tomonlama hamkorlik, iqtisodiyotning turli tarmoqlarida qo‘shma dastur va loyihalarni amalga oshirishning dolzarb masalalari yuzasidan fikr almashish va muhokama etish uchun o‘ziga xos maydon hisoblanadi. 

Suhbat chog‘ida MDH doirasida erkin savdo zonasining to‘laqonli faoliyat yuritishini ta’minlash, shuningdek, transport-kommunikatsiya tarmoqlarini jadal rivojlantirish va butun mintaqaning tranzit salohiyatini yuksaltirishga yo‘naltirilgan istiqbolli loyihalarni amalga oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. 

Uchrashuvda mamlakatimizda ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va huquqiy islohotlar amalga oshirilayotgani, 2017-2021-yillarga mo‘ljallangan Harakatlar strategiyasida O‘zbekistonni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari belgilangani, Prezidentning virtual qabulxonasi, joylarda tashkil etilgan Xalq qabulxonalari odamlarning talab va istaklarini ro‘yobga chiqarayotgani, Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili doirasidagi ishlar yurtdoshlarimizning davlatga ishonchini mustahkamlayotgani ta’kidlandi. 

S.Lebedev Prezidentimizga samimiy qabul, Toshkent shahrida Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Tashqi ishlar vazirlari kengashi majlisiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazishda O‘zbekiston Respublikasi faol ishtirok etgani uchun minnatdorlik bildirdi. 

Uchrashuvda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Tashqi ishlar vazirlari kengashi majlisi samarali o‘tishiga muvaffaqiyat tiladi. 

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo