icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
Qishloq xo‘jaligi loyihalari ko‘zdan kechirildi

02.10.2020

Prezident Shavkat Mirziyoyev 2-oktabr kuni Nukus shahridagi «Qoraqalpoq baliq sanoat» mas’uliyati cheklangan jamiyat faoliyati bilan tanishdi.

Bu korxona yiliga 200 tonna baliq va 5 million dona baliq lichinkalari yetishtirish, 5 ming tonna ozuqa yem tayyorlash quvvatiga ega. U shu yil iyulda faoliyat boshladi, 35 ta ish o‘rni yaratildi.

Loyihaning ahamiyati shundaki, korxonada yopiq sig‘imda intensiv usulda baliq yetishtiriladi. Ya’ni, suvdan takroran foydalanish evaziga katta hajmda suv tejaladi. Masalan, 200 tonna baliq yetishtirish uchun oddiy sharoitda 1,5 million metr kub suv sarflansa, bu yerda 250 metr kub yetarli. Bu Qoraqalpog‘iston uchun juda muhim.

Korxonada, shuningdek, qayta ishlash quvvati va muzlatgich tashkil etilgan.

Shu yerda qishloq xo‘jaligi tarmoqlaridagi loyihalar taqdimot qilindi. Davlatimiz rahbari chorvachilikda oilaviy koopersiyalarni yo‘lga qo‘yib, parrandani ko‘paytirib, go‘sht narxini arzonlashtirish choralarini ko‘rish muhimligini ta’kidladi. Hududda yer va suvning aniq hisobini yuritish, bunga axborot texnologiyalarini joriy qilish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo