
Shavkat Mirziyoyev Yosixide Sugani tabrikladi
18.09.2020

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Yaponiya Liberal-demokratik partiyasi yetakchisi Yosixide Sugaga uning mamlakat Bosh vaziri etib saylangani munosabati bilan tabrik yo‘lladi.
Davlatimiz rahbarining maktubida ikki tomonlama munosabatlarda yuksak darajaga erishilgani ta’kidlangan hamda O‘zbekiston-Yaponiya strategik sherikligi bundan buyon ham izchil mustahkamlanib borishiga ishonch bildirilgan.