
Shavkat Mirziyoyev Emomali Rahmonni tabrikladi
09.09.2020

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmonni Mustaqillik kuni bilan tabrikladi.
Davlatimiz rahbari Tojikiston Prezidentiga sihat-salomatlik, oilaviy baxt-saodat va mas’uliyatli davlat lavozimidagi faoliyatida yangi yutuqlar, do‘st Tojikiston xalqiga esa tinchlik-omonlik, farovonlik va doimiy taraqqiyot tiladi.