icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
Yashnobod tumanida zamonaviy turar joy majmuasi qurilmoqda

29.08.2020

Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkentning Yashnobod tumanida barpo etilayotgan uy-joylarni borib ko‘rdi.

«Assalom, sohil» deb nomlangan 23 gektarlik bu majmuada 22 ta 9-16 qavatli uy qurilmoqda. Ularda 3236 xonadon bo‘ladi.

Konstruksiyalar 9 balldan yuqori amplitudadagi seysmik chidamlilikka ega. Devorlar 3 qoplamali bo‘lib, xonadonlar qishda iliq, yozda salqin bo‘lishini ta’minlaydi. Har bir xonadon modul tipidagi alohida isitish qozoni bilan jihozlanadi.

Uylar ko‘chib kelish uchun tayyor holatda topshiriladi. Xaridorlar talabi va imkoniyatiga qarab, ularda komfort, biznes va ekonom klassdagi sharoitlar yaratiladi.

Majmua hududida bolalar bog‘chasi va maktab, sport va o‘yin maydonchalari, do‘konlar, kafelar, savdo markazi barpo qilinadi.

Davlatimiz rahbari majmuaning shourumida bo‘ldi. Uylarga sifatli xizmat ko‘rsatish, aholining dam olishi, bolalar tarbiyasi uchun sharoitlarni kengaytirish bo‘yicha tavsiyalar berdi.

Shavkat Mirziyoyev xorij tajribasi asosida qurilgan yengil konstruksiyali kottejlarni ham ko‘zdan kechirdi. Bu uylar arzonligi, o‘n kunda bitkazilishi bilan ajralib turadi, buyurtma asosida bir necha xil shaklda qurib beriladi. Bunday kottejlar, ayniqsa, tog‘li va cho‘l hududlari uchun juda mos keladi.

 

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo