icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
O‘zbekiston va Rossiya Prezidentlarining tor doiradagi muzokaralari bo‘lib o‘tdi

05.04.2017

Kremlda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni rasmiy kutib olish marosimi bo‘ldi. Oliy martabali mehmon sharafiga faxriy qorovul saf tortdi. O‘zbekiston va Rossiya davlat madhiyalari yangradi. Prezidentlar Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putin faxriy qorovul safi oldidan o‘tdilar. 

Prezidentlarning tor doiradagi uchrashuvida O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish, tinchlik va xavfsizlikni mustahkamlash masalalari muhokama qilindi, tomonlarni qiziqtirgan mintaqaviy va xalqaro muammolar yuzasidan fikr almashildi. 

Siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, ilmiy-texnikaviy va madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlikning bugungi holati va istiqboli xususida so‘z yuritildi. 

Vladimir Putin Shavkat Mirziyoyevni Moskvaga davlat tashrifi bilan qutlab, bu tomonlarni qiziqtirgan masalalarni muhokama etish uchun qulay imkoniyat ekanini qayd etdi. 

– O‘zbekiston bilan hamkorlikni yangi bosqichda davom ettirish biz uchun katta ahamiyatga ega, – dedi Rossiya Prezidenti. - Mamlakatlarimizda o‘zaro hamkorlikni yanada rivojlantirish uchun hali to‘la foydalanilmayotgan imkoniyatlar ko‘p, ularni ishga solishdan ikki tomon ham manfaatdor. 

Shavkat Mirziyoyev bu uchrashuv davlatlarimiz o‘rtasidagi hamkorlikning yangi bosqichini boshlashda muhim qadam bo‘lishini qayd etdi. 

– Avvalo, 3-aprel kuni Sankt-Peterburgda ro‘y bergan mash’um voqea munosabati bilan Sizga va Rossiya xalqiga chuqur hamdardlik bildiraman, – dedi Shavkat Mirziyoyev. – O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi hamkorlik yuksak ishonch va o‘zaro hurmat asosida rivojlanmoqda. Turli darajadagi aloqalar faollashgani mamlakatlarimiz ko‘p qirrali munosabatlarni kengaytirishdan birdek manfaatdor ekanining tasdig‘idir. O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov xotirasini yod etish maqsadida mamlakatimizga tashrif buyurganingiz uchun yana bir bor minnatdorlik bildiraman. Ushbu tashrif Islom Karimovga, O‘zbekiston xalqiga yuksak hurmatingizdan dalolat beradi. 

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo