icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
Bektemir tumanida yangi qo‘shma korxona faoliyati ko‘zdan kechirildi

21.08.2020

Prezident Shavkat Mirziyoyev Bektemir tumanidagi “Prof- Milk” qo‘shma korxonasi faoliyati bilan tanishdi.

Mamlakatimizda chorvachilik bilan birga go‘sht va sutni qayta ishlash tarmog‘i kompleks rivojlantirmoqda. Xususan, bugungi kunda sutni qayta ishlovchi 600 dan ziyod korxona faoliyat ko‘rsatmoqda. Ularda tayyorlanayotgan sara mahsulotlar elimiz dasturxonidan joy oldi, xorijga ham eksport qilinyapti.

“Prof-Milk” qo‘shma korxonasi shu oyda ishga tushirildi. Loyiha qiymati 3 million dollar bo‘lgan ushbu majmua Shveysariyaning “Tanotrade” kompaniyasi va «Toshelektroapparat» xususiy korxonasi hamkorligida zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlandi. Bu yerda 50 kishi ish bilan band.

Bu yerda 1,5 ming tonna mahsulot, pishloqning 10 ga yaqin turi ishlab chiqariladi. Joriy yilda esa eritilgan pishloq bu qatorni to‘ldirishi rejalashtirilgan.

Prezidentimiz ishlab chiqarish jarayonini ko‘zdan kechirdi. Korxonani barqaror xomashyo bilan ta’minlash, mahsulotlar turini ko‘paytirib, yangi bozorlarni o‘zlashtirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

Shu yerda «BARTEC TRADE» kompaniyasi tomonidan import o‘rnini bosuvchi ehtiyot qismlar ishlab chiqarish loyihasi to‘g‘risida ma’lumot berildi.

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo