icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
Akademik Telman Rajabov vafoti munosabati bilan hamdardlik

13.08.2020

Akademik
Telman Rajabov

 

O‘zbekiston ilm-fani og‘ir judolikka uchradi.

Materialshunoslik fizikasi, ilmiy asbobsozlik va mikroelektronlar texnikasi sohasidagi taniqli olim, O‘zbekiston Fanlar akademiyasining akademigi Telman Rajabov shu yil 12-avgustda 85 yoshida vafot etdi.

T.Rajabov 1935-yil 15-avgustda Samarqand shahrida  tug‘ildi. 1959-yili N.Bauman nomidagi Moskva texnika universitetini tugatib, keyinchalik mazkur universitet aspiranturasida tahsil oldi. 1966-yili  nomzodlik, 1980-yili doktorlik dissertatsiyasini himoya qildi. Ilm-fan sohasidagi ko‘p yillik xizmatlari uchun 1995-yilda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining haqiqiy a’zosi etib saylandi.

O‘z mehnat faoliyatini 1959-yilda Fanlar akademiyasi Fizika-texnika institutida kichik ilmiy xodim sifatida boshlagan iste’dodli olim qariyb 60 yillik ilmiy-pedagogik faoliyati davomida Fanlar akademiyasi Elektronika instituti laboratoriya mudiri, Markaziy ilmiy asbobsozlik konstruktorlik va texnologik byurosi direktori, Toshkent elektrotexnika aloqasi instituti rektori, Markaziy Osiyo telekommunikatsiya o‘quv markazi direktori, Toshkent elektrotexnika aloqasi institutining kafedra mudiri lavozimlarida samarali mehnat qilib, O‘zbekistonda ilm-fan va ta’lim sohalarini rivojlantirish hamda yuqori malakali ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlashga munosib hissa qo‘shdi. 

Telman Rajabov mamlakatimizda fizikaviy materialshunoslik va mikroelektronikani ilmiy asbobsozlikda qo‘llash ilmiy yo‘nalishining asoschisi sifatida tanildi. Ushbu sohaning dolzarb ilmiy va amaliy masalalariga bag‘ishlangan  ko‘plab maqola va tadqiqotlari, monografiya va risolalari yurtimiz va chet el ilmiy jamoatchiligining e’tirofiga sazovor bo‘ldi.

Jonkuyar ustoz sifatida ko‘plab yoshlarga saboq bergan ilm-fan fidoyisining bevosita rahbarligida o‘nlab fan nomzodlari va fan doktorlari tayyorlangan.

Akademik T.Rajabovning mamlakatimiz ilm-fanini rivojlantirish borasidagi xizmatlari davlatimiz tomonidan munosib taqdirlandi. U “Mehnat shuhrati” ordeni bilan mukofotlangan edi.

Taniqli olim, mehribon ustoz, kamtarin inson Telman Rajabovning  yorqin xotirasi qalblarimizda hamisha saqlanib qoladi.

 

Sh.Mirziyoyev, T.Narbayeva, N.Ismoilov,
A.Aripov, B.Yo‘ldoshev

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo
image