icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
Shavkat Mirziyoyev: Musa Yerniyazov boshlagan ishlarni do‘stlari bilan birga davom ettiramiz

01.08.2020

Pandemiya keltirgan sinovli kunlarda xalqimiz og‘ir judolikka uchradi. Qoraqalpog‘iston Jo‘qorg‘i Kengesi raisi – O‘zbekiston Respublikasi Senati Raisining o‘rinbosari, O‘zbekiston Qahramoni Musa Yerniyazov 2020-yil 31-iyul kuni vafot etdi. Marhum Nukus shahridagi «Shorsha baba» qabristoniga dafn etildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 1-avgust kuni bu yerga tashrif buyurib, Musa Yerniyazov qabrini ziyorat qildi. Marhum haqiga Qur’on tilovat qilindi.

- Rahmatli Musa og‘a elni yaxshi ko‘rgan, halol, pok, or-nomusli inson edi. U kishiga juda ishonardim, Qoraqalpog‘istondan ko‘nglim to‘q edi. Tili, dini, taqdiri, tashvishlari bir bo‘lgan o‘zbek va qoraqalpoq xalqlarining og‘zibirchiligini qadrlardi. Qoraqalpog‘istonni rivojlantirish, odamlarning birini ikki qilish bo‘yicha ko‘p ishlarni boshlagan edik. Endi bu ishlarni, rejalarimizni do‘stlari bilan birga albatta davom ettiramiz, - dedi davlatimiz rahbari.

Shavkat Mirziyoyev Musa Yerniyazov dafn etilgan qabriston obod qilinishini ta’kidladi.

- Bu yerni Qoraqalpog‘istonga kelganlar ehtirom bilan ziyorat qiladigan maskanga aylantiramiz. Shunday vatanparvar insonlarning hurmatini joyiga qo‘ysak, xalqimizga, yoshlarimizga namuna bo‘ladi, - dedi Prezident.

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo