Qirg‘iziston Prezidenti Sooronbay Jeenbekov bilan telefon orqali muloqot bo‘lib o‘tdi
24.07.2020
Bugun O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qirg‘iziston Prezidenti Sooronbay Jeenbekov telefon orqali muloqot qildilar.
Sooronbay Jeenbekov Qirg‘iziston xalqi va shaxsan o‘z nomidan davlatimiz rahbarini tug‘ilgan kuni bilan samimiy qutlab, mustahkam sog‘lik, farovonlik va muvaffaqiyat tiladi.
O‘zaro manfaatli hamkorlikning yangi o‘sish nuqtalarini shakllantirish masalalari ko‘rib chiqildi, mintaqaviy kooperatsiya va muhim infratuzilma loyihalarni ilgari surish istiqbollari muhokama qilindi.