Emomali Rahmon Shavkat Mirziyoyevni tavallud kuni bilan tabrikladi
24.07.2020
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 24-iyul kuni Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon bilan telefon orqali muloqot qildi.
Tojikiston Prezidenti davlatimiz rahbarini tug‘ilgan kuni bilan samimiy muborakbod etdi.
Ikki tomonlama do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik munosabatlarining joriy holati va ularni kengaytirish istiqbollari ko‘rib chiqildi.