
O‘zbekiston va Qozog‘iston Prezidentlari telefon orqali so‘zlashdi
24.07.2020

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev bilan telefon orqali muloqot qildi.
Qasim-Jomart Toqayev davlatimiz rahbarini tavallud kuni bilan samimiy qutladi.
Suhbat chog‘ida ikki tomonlama munosabatlar va mintaqaviy hamkorlik masalalari muhokama qilindi.