O‘zbekiston Prezidenti Yaponiya Bosh vaziriga hamdardlik bildirdi
07.07.2020
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Yaponiyaning Kumamoto va Kagosima prefekturalarida ro‘y bergan tabiiy ofat tufayli ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan mamlakat Bosh vaziri Sindzo Abega hamdardlik bildirdi.
Davlatimiz rahbari halok bo‘lganlarning oila a’zolariga samimiy ta’ziya izhor qilib, jarohat olganlarning tez fursatda shifo topishini tiladi.