icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
Amerika Qo‘shma Shtatlari Prezidenti Donald Jon Tramp Janobi Oliylariga

03.04.2017

Muhtaram Prezident Janoblari!

Sizga va Sizning timsolingizda butun Amerika xalqiga yangilanish, farovonlik va uyg‘onish fasli bo‘lgan Navro‘z bayrami munosabati bilan yo‘llagan samimiy tabrik va ezgu tilaklaringiz uchun chin dildan minnatdorlik izhor etaman. 

Sizning shaxsiy  munosabatingizni yuksak qadrlayman, O‘zbekiston Respublikasi bilan Amerika Qo‘shma Shtatlari o‘rtasidagi har tomonlama hamkorlikni kengaytirish va mustahkamlash, xususan, mamlakatlarimiz biznes doiralarining yaqin aloqalarini to‘liq qo‘llab-quvvatlayman. 

O‘zbekiston bilan Amerikaning strategik sheriklik munosabatlarini yanada rivojlantirish, ayniqsa, mintaqaviy va xalqaro tinchlik va barqarorlikni ta’minlash borasidagi dolzarb masalalar bo‘yicha yondashuvlarimizning mushtarakligi mamlakatlarimiz o‘rtasidagi keng qamrovli munosabatlarni izchil rivojlantirish uchun mustahkam asos bo‘lib xizmat qilishiga ishonaman. 

Biz amalga oshirayotgan chuqur va keng ko‘lamli islohotlarni yuksak e’tirof etganingiz uchun Sizdan minnatdorman. Biz fuqarolik jamiyati asoslarini mustahkamlash, bozor islohotlarini chuqurlashtirish va aholi hayot darajasini tubdan oshirish bo‘yicha tanlagan yo‘limizni qat’iy va izchil davom ettiramiz.

Fursatdan foydalanib, Siz, Janob Prezidentga mustahkam sihat-salomatlik va davlat rahbari sifatidagi faoliyatingizga ulkan muvaffaqiyatlar, Amerika Qo‘shma Shtatlari xalqiga tinchlik, xotirjamlik va farovonlik tilayman. 

Samimiy hurmat bilan, 
Shavkat Mirziyoyev,
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo