O‘zbekiston Prezidenti Moskvaga keldi
23.06.2020
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Rossiya Federatsiyasiga keldi.
Moskva shahridagi "Vnukovo" aeroportida davlatimiz rahbarini Rossiya Hukumatining rasmiy shaxslari kutib oldi.
Tashrif dasturiga muvofiq, bugun kechqurun Kremlda Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin bilan muzokaralar bo‘lib o‘tadi.