icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
Sergelida istirohat bog‘i yaratildi

29.05.2020

Prezident Shavkat Mirziyoyev poytaxtimizning Sergeli tumanida barpo etilgan ekoparkni borib ko‘rdi.

Davlatimiz rahbari o‘tgan yili 21-mayda Uchtepa tumaniga tashrifi chog‘ida Toshkent shahri tumanlarida istirohat bog‘lari tashkil etib, aholining dam olishi uchun sharoitlarni kengaytirish bo‘yicha topshiriq bergan edi. 

Shunga muvofiq, Sergeli tumanida umumiy maydoni 10 gektar bo‘lgan «Flowers Garden Park» tashkil etildi. Shundan 5 gektari bog‘, 5 gektari gul sotish markazidir.

Boqqa yirik gulli magnoliya, fotiniya frazeri, qora sosna, igna bargli archa, “Krimson king” chinori kabi 30 turdagi 6 mingdan ziyod manzarali daraxt va 20 turdagi 60 mingdan ziyod buta olib kelib ekilgan. Aholining ko‘ngilli hordiq chiqarishi uchun restoran, savdo shoxobchalari tashkil etilgan.

Turkiyaning “Natural Peyzaj” shirkati bilan hamkorlikda bunyod etilgan bog‘da 200 ta ish o‘rni yaratilgan. Malakali agronom va entomologlar jalb etilgan. 

Davlatimiz rahbari bog‘da yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi, manzarali daraxtlar va gul do‘konlarini ko‘zdan kechirdi.

 

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo