icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
Andijonda texnopark ish boshladi

21.05.2020

Prezident Shavkat Mirziyoyev Andijon shahrida Digital City nomli texnopark bilan tanishdi.

Yaqindagina 5,6 gektar maydonda qurib bitkazilgan ushbu majmua axborot texnologiyalari va innovatsion loyihalarni qo‘llab-quvvatlash, dasturiy mahsulotlar eksportini yo‘lga qo‘yishga qaratilgan. Hozirda bu yerga tumanlardan 328 mutaxassis jalb etilgan.

Davlatimiz rahbari yoshlar bilan suhbatda ularni doimiy o‘rganish, izlanishga chorladi.

– Juda to‘g‘ri yo‘lni tanlagansizlar. Bu – serqirra va istiqbolli soha. Sizlar boshqalardan 10-15 yil oldin yurishlaringiz kerak. Eng dolzarb yo‘nalishlar bo‘yicha dasturiy mahsulotlar yaratib, xalqimizga va xorijliklarga qulay xizmatlar ko‘rsatib, ham oilangizga, ham jamiyatimizga naf keltirishingiz mumkin, – dedi Prezident.

Texnoparkda mahalliy yoshlar, tadbirkorlar, yangi hunar o‘rganish istagida bo‘lgan fuqarolar uchun keng qulayliklar yaratilgan. Jumladan, kovorking markazi, data-sentr, konferens-zal, kutubxona, innovatsion laboratoriya va o‘quv xonalari, biznes inkubator, media markaz, kibersport xonasi tashkil etilgan.

Tumanlarda axborot texnologiyalari bo‘yicha boshlang‘ich o‘quv kurslari bo‘ladi. Ulardan tanlab olingan yoshlar Digital Cityda intensiv ravishda ingliz tiliga o‘qitilib, IT xizmatlar ko‘rsatishga tayyorlanadi. Texnoparkdagi 76 nafar tinglovchiga mo‘ljallangan zalda yil mobaynida 2 mingdan ortiq kishini o‘qitish mumkin.

Majmuada yotoqxona va oshxona tashkil etib, sharoitlarni yanada yaxshilash, bunday texnoparklarni mamlakatimizning boshqa hududlarida ham ochish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

Shu yerda yoshlar bandligini ta’minlash, maktab bitiruvchilarini frilans bozoriga tayyorlash borasidagi ishlar yuzasidan axborot berildi.

Davlatimiz rahbari oliy o‘quv yurtiga kirolmagan yoshlar bilan manzilli ishlash, ularning qiziqish va layoqatini o‘rganib, kasbga yo‘naltirish bo‘yicha topshiriqlar berdi.

 

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo