icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
Go‘sht narxini arzonlashtirish bo‘yicha tavsiyalar berildi

21.05.2020

Davlatimiz rahbari Andijon viloyatiga safari chog‘ida Marhamat tumanidagi “Vodiy hamkor agrofirmasi” tomonidan tashkil etilgan quyonchilik klasteri bilan ham tanishdi.

1 gektardan ziyod maydonda tashkil qilingan mazkur klaster joriy yil 1 maydan ishga tushdi.

Kooperatsiya usulida 50 ta xonadonga quyonlar tarqatilib,  ulardagi odamlar bandligi ta’minlandi. Shuningdek, quyon terisini oshlash va teridan telpak tikish sexida 20 ta ish joyi yaratiladi.

Korxonaga “Kaliforniya”, “Yangi Zelandiya”, “Flander”, “Reks” va “Velikan” zotli 1000 bosh quyon olib kelingan bo‘lib, bir yil davomida ular soni 30 ming boshga yetishi kutilmoqda. 

Quyonchilik klasteri tomonidan bir yilda jami 3 milliard so‘mlikdan ziyod mahsulot ishlab chiqarish, 150 ming dollarlik eksport qilish rejalashtirilgan.

Shu yerda chorvachilik, parrandachilik, baliqchilik korxonalari salohiyati haqida ma’lumot berildi.

- Andijonda chorva kam, go‘sht boshqa joylardan olib kelinyapti. Quyon, parranda, baliq ko‘paytirilib, go‘shti iste’molga chiqarilsa, viloyatda go‘sht narxi tushadi. Kambag‘al oilalarga tarqatilib, klasterlar tomonidan qayta sotib olinsa, ularga daromad bo‘ladi. Iqtisodiy kompleks va sektor rahbarlari shu bilan shug‘ullanishi kerak, - dedi Shavkat Mirziyoyev.

Viloyatda omixta yem ishlab chiqarishni ko‘paytirish, quyonchilikni 1 million boshga yetkazish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

 

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo