icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
Shavkat Mirziyoyev: Ishimizga odamlarning ko‘zi bilan baho berishimiz kerak

21.05.2020

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 21-may kuni Andijon viloyatiga keldi.

Davlatimiz rahbari dastlab Oltinko‘l tumanidagi “Ko‘hna vodiy bahori” fermer xo‘jaligida bo‘lib, g‘alla va g‘o‘za rivojini ko‘zdan kechirdi.

- Iqlim sharoiti yurtimizga o‘xshash xorijiy davlatlarda paxtadan 70 sentnergacha hosil olishadi. Qanday qilib? Ilm bilan, aql bilan. Andijonda yer kamligini hisobga olib, undan ikki karra samarali foydalanish zarur. Ishsiz, daromadi yetarli bo‘lmagan minglab odamlar bor. Ishimizga o‘shalarning ko‘zi bilan baho berishimiz kerak, - dedi Prezident.

Davlatimiz rahbari g‘o‘za qator oralariga soya ekish bo‘yicha Andijon tajribasini yaratish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.

- Fermer dalaga reja uchun emas, daromad uchun kirishi kerak. Soya ekilsa, bitta maydondan ikki barobardan ziyod daromad olish, yana ko‘proq odamlarni ish bilan ta’minlash mumkin. Undan olinadigan moy ham, omixta yem ham juda sifatli, bozorbop. To‘g‘ri, bu qiyin. Lekin qaysi ish oson? - deya savol qo‘ydi Shavkat Mirziyoyev.

Agrotexnologiyalarni rivojlantirish maqsadida Toshkent davlat agrar universitetining Andijon viloyati filiali negizida qishloq xo‘jaligi yo‘nalishida alohida oliy ta’lim muassasasi tashkil etish muhimligi ta’kidlandi.

“Ko‘hna vodiy bahori” fermer xo‘jaligining umumiy yer maydoni qariyb 76 gektar. Joriy yilda g‘allaning har gektaridan 20, paxtadan 10 sentnerdan qo‘shimcha hosil yetishtirish rejalashtirilgan. G‘alla hosildorligi 81 sentner bo‘lishi kutilmoqda.

Fermer xo‘jaligida 60 kishi doimiy va mavsumiy ish bilan ta’minlangan. Chorvachilik, asalarichilik yo‘lga qo‘yilgan.

Shu yerda paxtachilik, g‘allachilik va meva-sabzavotchilik klasterlari hamda chorvachilik tarmoqlarini rivojlantirish bo‘yicha loyihalar taqdimoti o‘tkazildi.

Davlatimiz rahbari qayta jihozlangan avtobusda tashkil etilgan sayyor laboratoriya bilan ham tanishdi.

 

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo