icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
Shavkat Mirziyoyev: Toshkentda ilmiy tadqiqotlar uchun juda katta manba bor

20.05.2020

Eslatib o‘tamiz, Prezident Shavkat Mirziyoyev joriy yil 11-yanvar kuni poytaxtimizdagi bunyodkorlik ishlari bilan tanishuv chog‘ida Toshkent shahri muzeyini tashkil etish bo‘yicha tavsiyalar bergan edi. Adiblar xiyoboni yonidagi bino rekonstruksiya qilinib, mazkur muzey shu yerga joylashtirildi.

Buyuk ipak yo‘lining gavjum chorrahasida joylashgan Toshkent asrlar davomida ilm-fan, madaniyat va ma’rifat markazlaridan bo‘lib kelgan. Vatanimizning oltin ostonasi bo‘lmish poytaxtimiz bugungi kunda yanada rivojlanib, go‘zal va obod megapolislardan biriga aylanib bormoqda. Lekin shunday katta shahar shu vaqtga qadar o‘zining muzeyiga ega emas edi.

Toshkent shahri muzeyi 2200-yillik tarixga ega bo‘lgan hududning qadim o‘tmishi, urf-odat va an’analari, ilm-fani, madaniyati va san’atini o‘zida aks ettiradi. Hozirgacha bu yerda mingga yaqin eksponatlar to‘plangan. Muzey fondini boyitish izchil davom ettirilmoqda.

Birinchi qavatda “Toshkent – ilm-fan markazi”, “Toshkent – bag‘rikenglik shahri”, “Amaliy san’at. Kundalik hayot va madaniyat” deb nomlangan ekspozitsiyalar tashkil etilgan. Ikkinchi qavatda qadimiy ish qurollari, xo‘jalik buyumlari, qadamjolarning maketlari namoyishga qo‘yilgan.

Eksponatlarga o‘zbek, rus va ingliz tillaridagi matnlar bilan sharh beriladi. Monitorlar, infokiosklar va boshqa texnologiyalar yordamida qo‘shimcha ma’lumotlar taqdim etiladi.

- Bu birinchi qadam, - dedi Shavkat Mirziyoyev. - Toshkentda ilmiy tadqiqotlar uchun juda katta manba bor. Lekin shu paytgacha yaxlit va to‘liq o‘rganilmagan. Endi 2200 yillik tarixni davrma-davr o‘rganish, muzeyni ashyoviy dalillar bilan boyitib, shahar sivilizatsiyasini to‘la yuzaga chiqarish kerak.

Shu maqsadda ilmiy-tadqiqot instituti tashkil qilish, arxeologlarga sharoit yaratish, izlanishlar natijasi bo‘yicha kitoblar chop etish zarurligi ta’kidlandi. Mahalla va maktab yoshlarini bu yerga olib kelish, boshqa shaharlarda ham shunday muzeylar tashkil etish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

Muzey Adiblar xiyoboni yonida tashkil etilgani ham bejiz emas. Yozuvchi va shoirlar, tarixnavislar uning faoliyatini jonlantirish, xorijliklarga targ‘ib etishga hissa qo‘shadi.

 

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo