icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
Suv omborida olib borilayotgan ishlar yuzasidan ko‘rsatmalar berildi

03.05.2020

Oddiy hayot haqiqati bor. Bu dunyoda xursandchilik va tashvish, yutuq va qiyinchiliklar hamisha yonma-yon yuradi. Yurtimizning qadim tarixida bunday voqealar ko‘p bo‘lgan. Lekin ko‘pni ko‘rgan, azmu shijoatli xalqimiz bunday vaziyatlarni hamisha aql-idrok, sabr-toqat va jasorat bilan yengib o‘tgan.

Kuni kecha Sirdaryo viloyatida yuz bergan hodisa bu haqiqatni yana bir bor tasdiqladi. Iqtisodiy taraqqiyot va ravnaq yo‘lida shiddat bilan ilgarilab borayotgan mamlakatimiz jiddiy sinovga duch keldi. Ammo irodasi mustahkam, matonatli elimiz bu safar ham hamjihatlik va ahillik namunasini ko‘rsatmoqda.

Bu qat’iyat kunu tun xalq manfaatini, yurtning tinchligi va osoyishtaligini o‘ylab yashayotgan davlatimiz rahbari boshchiligida qudratli to‘lqinga aylandi.

Prezidentimiz hodisa yuz bergan dastlabki soatlardayoq bu yerga zudlik bilan yetib kelib, odamlarga hamdard va yelkadosh bo‘lgani, “talafot oqibatlarini qisqa vaqtda bartaraf etamiz, jabr ko‘rgan har bir inson, har bir xonadonga albatta yordam beramiz”, degan so‘zlari Sirdaryo ahliga juda katta madad va dalda berdi.

Davlatimiz rahbari ikki kun davomida viloyatda qolib, vaziyatni barqarorlashtirish ishlariga shaxsan bosh-qosh bo‘ldi. Shu bois ham xalqimiz bu kutilmagan tabiiy ofat oldida o‘zini yo‘qotib qo‘ymadi. Hamma bir tanu bir jon bo‘lib, hududda normal hayotni tiklash borasida faollik va fidoyilik ko‘rsatmoqda.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev bugun ham Sirdaryo viloyatida bo‘lib, Sardoba suv ombori hududida amalga oshirilayotgan tiklash-ta’mirlash ishlari bilan yaqindan tanishdi.

Ma’lumot  o‘rnida shuni aytish lozimki, mazkur suv inshooti Sirdaryo va Jizzax viloyatlaridagi 6 ta tuman ekin maydonlarini suv bilan ta’minlash maqsadida barpo etilgan. Hozirgi vaqtda toshqin yuz bergan joyda 2 ta brigada tashkil etilib, to‘g‘on yorig‘ining chap va o‘ng qirg‘oqlarida jadal ish olib borilmoqda. Bu jarayonga yuzlab malakali mutaxassislar, mingdan ortiq maxsus texnikalar jalb etilgan. Katta harsang toshlar, beton bloklar va plitalar, boshqa tegishli qurilish materiallari keltirilib, to‘g‘on oldida yarim aylana shaklida to‘siq devor barpo etilmoqda. Ishchi-muhandislar, haydovchilar uchun barcha sharoit yaratilib, sa’y-harakatlar kechayu kunduz tashkil etilgan.

Prezident Shavkat Mirziyoyev bajarilgan ishlarni sinchiklab ko‘zdan kechirib, mutasaddi rahbarlar va mutaxassislarga zarur ko‘rsatmalar berdi.

Ma’lumki, suv toshqini asosan Sirdaryo viloyatining Sardoba, Oqoltin va Mirzaobod tumanlari aholi punktlari va ekinzorlariga zarar yetkazgan. Hukumat komissiyasi tomonidan amalga oshirilgan tezkor chora-tadbirlar natijasida ushbu tumanlardagi 22 ta qishloqdan jami 60 mingdan ziyod aholi evakuatsiya qilingan edi.

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo