Shavkat Mirziyoyev jabrlanganlardan ko‘ngil so‘radi
02.05.2020
Prezident Shavkat Mirziyoyev Sardobadagi favqulodda hodisa sababli Guliston shahriga evakuatsiya qilingan odamlar bilan muloqot qilib, ulardan ko‘ngil so‘radi. Hech kim e’tibordan chetda qolmasligi, hammaga g‘amxo‘rlik ko‘rsatilishini ta’kidladi.
Hukumat komissiyasiga berilgan ko‘rsatmalar asosida suv bosgan hududlarni tozalash, qurilish va ta’mirlash, turmush maromini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha uzluksiz ish davom etmoqda.
Davlatimiz rahbari 2-may tunda Toshkentga qaytib keldi.