icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
O‘zbekiston va Qozog‘iston Prezidentlari telefon orqali muloqot qildilar

02.05.2020

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2-may kuni Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev bilan telefon orqali muloqot qildi.

Suhbat avvalida davlat rahbarlari Sardoba suv omboridagi favqulodda hodisa bilan bog‘liq joriy vaziyatni hamda uning mamlakatlarimiz chegaraoldi hududlaridagi oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha yaqin hamkorlikni tashkil etish masalalarini batafsil muhokama qildilar.

Prezidentlar hukumatlarga ishni muvofiqlashtirgan holda ta’minlash va yuzaga kelayotgan barcha masalalarni tezkor hal qilish bo‘yicha topshiriq berdilar.

Shuningdek, mamlakatlarimizda koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish va uning ikki tomonlama savdo-iqtisodiy aloqalarga salbiy ta’sirini kamaytirish borasida amalga oshirilayotgan samarali chora-tadbirlar qo‘llab-quvvatlandi.

Muloqot chog‘ida O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini mustahkamlash masalalariga hamda ko‘p qirrali hamkorlikni yanada kengaytirish istiqbollariga alohida e’tibor qaratildi.

Ikki davlat Bosh vazirlari boshchiligidagi Hukumatlararo qo‘shma komissiyaning faol ishini davom ettirish muhimligi qayd etildi.

Iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarida, shu jumladan, Kostanay shahridagi qo‘shma korxonada avtomobil ishlab chiqarishni kengaytirish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish va qayta ishlash, uchinchi mamlakatlar bozorlariga chiqarish, zamonaviy transport-logistika infratuzilmasini rivojlantirish va boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha qator yangi dastur va loyihalarni tayyorlash va amalga oshirish yuzasidan kelishuvga erishildi.

Prezidentlar xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almashdilar.

Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi navbatdan tashqari sammitida erishilgan kelishuvlarga muvofiq o‘tgan sog‘liqni saqlash va transport vazirlari onlayn anjumanlarining samarali natijalari mamnuniyat bilan qayd etildi.

Suhbat an’anaviy samimiy va do‘stona ruhda o‘tdi.
 

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo