icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
Prezident suv oqimi natijasida zarar ko‘rgan mahallalarni ko‘zdan kechirdi

02.05.2020

Xabar berayotganimizdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Sardoba suv omborida yuz bergan favqulodda vaziyat sababli Sirdaryo viloyatida bo‘ldi.

Davlatimiz rahbari suv toshqiniga birinchi bo‘lib duch kelgan Sardoba tumanidagi Navoiy mahallasini borib ko‘rdi.

Hukumat komissiyasi mutasaddilari amalga oshirilgan chora-tadbirlar yuzasidan axborot berdi.

Prezidentimiz mahalla bo‘ylab yurib, yuzaga kelgan ahvol bilan yaqindan tanishdi. Hududni puxta tozalab, dezinfeksiya qilish, qat’iy sanitar-epidemiologik nazoratni ta’minlash, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini tez fursatlarda, lekin sifatli tiklash bo‘yicha topshiriqlar berdi.

Shavkat Mirziyoyev suv chekinganidan keyin o‘z mahallasiga qaytgan odamlar bilan muloqotda bo‘lib, talafot ko‘rgan joylarda turmush sharoitlari tez kunlarda tiklanishi, aholiga har tomonlama ko‘mak berilishini ta’kidladi.

– Shunday og‘ir paytda hammamiz sizlarning yoningizdamiz. Avvalo, har bir mahallaga kirib, o‘t o‘chirish mashinalari yordamida suvni qochiramiz. Qurilish, ta’mirlash  va yangi uylar barpo etish bo‘yicha xalq bilan maslahatlashib ish tutamiz. Hammasini sekin-sekin joyiga qo‘yamiz. Fermerlarning masalasi ham dalasiga chiqqan holda hal etiladi. Eng muhimi, o‘zlaringiz sog‘-salomat, bolalaringiz yoningizda ekan. Ko‘ngilni to‘q qilinglar. Xudoga iltijo qilamizki, bizga madadkor bo‘lsin, oxirgi ko‘rganimiz shu bo‘lsin, – dedi Prezident.

Davlatimiz rahbari Oqoltin tumanidagi Shodlik mahallasi va Mirzaobod tumanidagi Haqiqat mahallasi tutash hududda ham bo‘ldi.

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo