icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
O‘zbekiston va Polsha Prezidentlari bir-birlarini qutladilar

27.03.2017

O‘zbekiston Respublikasi va Polsha Respublikasi o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 25-yilligi munosabati bilan Polsha Prezidenti Anjey Duda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga tabrik yo‘llagan.

Polsha Prezidenti qutlovida bunday deyiladi: "Mamlakatlarimiz o‘rtasida samarali munosabatlar yo‘lga qo‘yilganini mamnuniyat bilan ta’kidlamoqchiman. Polsha O‘zbekistonni Yevroosiyo mintaqasidagi muhim sherik, deb biladi va mustaqillik yillarida O‘zbekiston erishgan ulkan yutuqlarni hurmat qiladi. Sizning rahnamoligingizda O‘zbekistonning yaqin qo‘shnilari bilan aloqalar bo‘yicha amalga oshirilayotgan yangicha siyosatni diqqat bilan kuzatib bormoqdamiz. Bunday yaqin qo‘shnichilik siyosati Markaziy Osiyo mintaqasidagi barqarorlikni yanada mustahkamlashda muhim ahamiyatga ega". 

Prezident Anjey Duda Polshada ikki tomonlama iqtisodiy munosabatlarni rivojlantirishga katta e’tibor qaratilayotganini va bu borada ulkan imkoniyatlar mavjudligini ta’kidlagan. 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev qutlovida "O‘tgan davrda ikki davlat o‘rtasida mustahkam do‘stlik va o‘zaro anglashuv an’analariga asoslangan amaliy munosabatlar o‘rnatilgan"i alohida ta’kidlangan. 

Davlatimiz rahbari "O‘zbekiston Polsha bilan siyosiy-diplomatik, madaniy-gumanitar sohalarda o‘zaro manfaatli amaliy hamkorlikni yanada kengaytirish, savdo, qishloq xo‘jaligi, investitsiya va innovatsiyalar, turizm hamda boshqa ko‘plab yo‘nalishlar bo‘yicha aniq dastur va loyihalarni amalga oshirish tarafdori" ekanini qayd etgan. 

O‘zbekiston Prezidenti mamlakatlarimiz bundan buyon ham "O‘zbekiston bilan Polsha o‘rtasidagi munosabatlarni chuqurlashtirish, o‘zaro hurmat, teng huquqlilik va ishonch prinsiplari asosida yanada mustahkamlash borasida hamkorlikni davom ettirishi"ga ishonch bildirgan. 

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo