icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
Shavkat Mirziyoyev: zamonaviy yangi ko‘priklar, keng va ravon yo‘llar xalqimiz manfaatiga xizmat qiladi

25.03.2017

Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev poytaxtimizning Yunusobod tumanidagi Yangi shahar va Bog‘ishamol ko‘chalarini tutashtiruvchi yangi ko‘prik bilan tanishdi. 

Bo‘zsuv kanali ustidan qurilgan mazkur ko‘prik Toshkent xalqa yo‘li va Amir Temur shohko‘chasida tirbandlikni kamaytirish, haydovchi va yo‘lovchilar ortiqcha vaqt va mablag‘ yo‘qotishining oldini olishni ta’minlaydi. 

Umumiy uzunligi 423, balandligi 5,5, kengligi 33 metr bo‘lgan 8 polosali mazkur ko‘prik “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyatiga qarashli “Ko‘prik qurilish tresti” unitar korxonasining 67-ko‘prik qurilish bo‘linmasi bunyodkorlari tomonidan olti oyda qurib bitkazildi. 

Ko‘prikning ikki tomonida piyodalar uchun 2 metrli yo‘lak barpo etilgan bo‘lib, bu piyodalarga qulaylik yaratadi. 

Prezidentimiz bu yerda amalga oshirilgan ishlar bilan tanishar ekan, yangi ko‘prikning poytaxtimizning Yunusobod va Mirzo Ulug‘bek tumanlarini tutashtirishdagi ahamiyati ulkan ekanini ta’kidladi. Ilgari ushbu tumanlardan bir-biriga avtomobilda 17-18 kilometr aylanib borilgan bo‘lsa, yangi ko‘prik foydalanishga topshirilgach, odamlarning uzog‘i yaqin bo‘ldi. 

Bunday keng ko‘lamli va ezgu ishlar tufayli poytaxtimiz yo‘llarining xizmat ko‘rsatish sifati va samaradorligi tubdan yaxshilanmoqda, dedi davlatimiz rahbari. Mazkur yangi ko‘prik avtomobillarning o‘tish imkoniyatlarini bir necha marta oshirish barobarida aholiga bir qancha qulayliklar yaratadi. Mana shunday zamonaviy ko‘prikning qisqa vaqtda barpo etilgani mamlakatimizning jadal rivojlanib borayotgani, xalqimiz ulkan yutuq va marralarga erishayotganidan dalolatdir. 

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo