12.03.2020
Shavkat Mirziyoyev Xiva shahridagi Prezident maktabini borib ko‘rdi.
Bu yerda Prezident maktabi standartlari asosida eng zamonaviy sharoit yaratilgan. Joriy o‘quv yilida 5-10 sinflarga jami 144 nafar o‘quvchi tanlov asosida qabul qilingan. Ularga dars berish uchun 9 nafar xorijlik mutaxassis, 21 nafar tajribali o‘qituvchilarimiz jalb qilingan.
Davlatimiz rahbari maktabda yaratilgan sharoitlarni ko‘zdan kechirdi, o‘quvchilar bilan suhbatlashdi.
- Biz juda katta marra olganmiz. Ularga erishishda sizlarday yoshlarga ishonamiz va suyanamiz. Murakkab sinovlardan o‘tib, bu maktabga kirib, katta yo‘lga qadam qo‘ydingiz. Bu yerda zo‘rlarning zo‘ri o‘qiydi. Sizni shunday tarbiyalagani uchun ota-onalaringizga mendan rahmat aytinglar. Bu avvalo ularning, ular bilan birga mening ham baxtim, butun millatimizning baxti, - dedi Prezident.