icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
Prezident restavratsiya maktabini rivojlantirish zarurligini ta’kidladi

12.03.2020

Prezident Shavkat Mirziyoyev Xiva shahridagi Ichan qal’a majmuasiga tashrif buyurib, Amir To‘ra madrasasida amalga oshirilgan restavratsiya ishlari bilan tanishdi. 

Ichan qal’ada xalqimizning noyob me’morlik an’analari, qadimiy hunarmandchiligi, san’ati va madaniyati namunalari saqlanib qolgan. Bu yerdagi 58 ta tarixiy-madaniy meros ob’ektidan 17 tasida turli muzeylar joylashgan. Qal’a YuNESKOning Jahon madaniy merosi ro‘yxatiga kiritilgan.  

Bu yerdagi tarixiy obidalarni asrab-avaylash maqsadida restavratsiya va konservatsiya ishlari olib borilmoqda. 

Amir To‘ra madrasasi qurilishi 1872-yili boshlangan. Bu yerda 54 ta hujra bo‘lib, ichki sahni koshin bilan qoplangan. Shuningdek, 2 ta gumbazli xona, qishki va yozgi masjidlar, darsxona bo‘lgan. Chor Rossiyasining Xorazmga hujumi tufayli obida peshtoqlarini pardozlash to‘xtab qolgan.   

Madrasa Ichan qal’adagi turistik ob’ektlardan biriga aylandi.  

Davlatimiz rahbari qadimiy obidalarning har bir g‘ishti tarixiy ekanini, har bir naqshida ma’no borligini ta’kidladi. Madaniy merosimizni kelajak avlodlarga yetkazish, buning uchun restavratsiya maktabini rivojlantirish zarurligini qayd etdi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Xiva shahridagi Ichan qal’a majmuasiga tashrif buyurib, Amir To‘ra madrasasida amalga oshirilgan restavratsiya ishlari bilan tanishdi. 

Ichan qal’ada xalqimizning noyob me’morlik an’analari, qadimiy hunarmandchiligi, san’ati va madaniyati namunalari saqlanib qolgan. Bu yerdagi 58 ta tarixiy-madaniy meros ob’ektidan 17 tasida turli muzeylar joylashgan. Qal’a YuNESKOning Jahon madaniy merosi ro‘yxatiga kiritilgan.  

Bu yerdagi tarixiy obidalarni asrab-avaylash maqsadida restavratsiya va konservatsiya ishlari olib borilmoqda. 

Amir To‘ra madrasasi qurilishi 1872 yili boshlangan. Bu yerda 54 ta hujra bo‘lib, ichki sahni koshin bilan qoplangan. Shuningdek, 2 ta gumbazli xona, qishki va yozgi masjidlar, darsxona bo‘lgan. Chor Rossiyasining Xorazmga hujumi tufayli obida peshtoqlarini pardozlash to‘xtab qolgan.   

Madrasa Ichan qal’adagi turistik ob’ektlardan biriga aylandi.  

Davlatimiz rahbari qadimiy obidalarning har bir g‘ishti tarixiy ekanini, har bir naqshida ma’no borligini ta’kidladi. Madaniy merosimizni kelajak avlodlarga yetkazish, buning uchun restavratsiya maktabini rivojlantirish zarurligini qayd etdi.

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo