icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
Prezident “Hazorasp” erkin iqtisodiy zonasiga bordi

12.03.2020

Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev “Hazorasp” erkin iqtisodiy zonasidagi “Develop Textile” xorijiy korxonasi faoliyati bilan tanishdi.

Iqtisodiy zona O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 12-yanvardagi farmoniga muvofiq tashkil qilingan. Davlatimiz rahbari o‘sha yili oktyabrda bu yerga kelib, taqdim etilgan loyihalar bo‘yicha topshiriqlar bergan edi.

“Hazorasp” erkin iqtisodiy zonasida umumiy qiymati 306 million dollardan ziyod bo‘lgan, jumladan, 266 million dollardan ortiq to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar evaziga, umumiy hisobda 19 ta loyiha amalga oshirilmoqda. Ularda sendvich panellar, yuvish vositalari, avtomobil radiatorlari, qurilish materiallari, trikotaj mahsulotlari, tibbiyot qo‘lqoplari, poyabzallar va boshqa tovarlar ishlab chiqarilmoqda. 1100 dan ziyod kishi ish bilan ta’minlangan.

Mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklidagi “Develop Textile” xorijiy korxonasi erkin iqtisodiy zona hududidagi istiqbolli loyihalardan biri. Ushbu kompaniya 13 million dollarlik loyiha asosida joriy yil yanvarda ishga tushirildi. Germaniya, Turkiya, Xitoydan zamonaviy dastgohlar keltirib o‘rnatildi. 760 ta ish o‘rni yaratildi. 

Bu yerda yiliga 4 ming tonna bo‘yalgan tayyor choksiz trikotaj mato, 14 million dona turli xil tikuvchilik mahsulotlari ishlab chiqarilmoqda. Germaniya, Fransiya va Yevropaning boshqa davlatlariga yiliga o‘rtacha 12 million dollarlik eksport qilish rejalashtirilgan.

Davlatimiz rahbari mazkur korxonada bo‘lib, ishlab chiqarish jarayoni va tikuvchilik mahsulotlarini ko‘zdan kechirdi. Mutaxassis va tikuvchilar bilan suhbatlashdi.

Prezidentimiz bu kabi zamonaviy kompaniyalarni ko‘paytirish orqali viloyatda yetishtiriladigan paxta xomashyosini to‘liq qayta ishlash, faqat tayyor mahsulot eksport qilish zarurligini ta’kidladi. 

Joriy yilda “Hazorasp” erkin iqtisodiy zonasida umumiy qiymati 26 million dollardan ziyod yana 4 ta korxona foydalanishga topshirilishi hamda 488 ta ish o‘rni yaratilishi mo‘ljallangan.

Shu yerda Xorazm viloyatida amalga oshiriladigan investitsiya loyihalari taqdimoti o‘tkazildi. Davlatimiz rahbari ular yuzasidan ko‘rsatmalar berdi.

 

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo