icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
Shavkat Mirziyoyev Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki delegatsiyasini qabul qildi

05.03.2020

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 5-mart kuni Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki prezidenti Suma Chakrabarti boshchiligidagi ushbu nufuzli moliyaviy institut delegatsiyasini qabul qildi.

O‘zbekiston va YeTTB 2017-yilda sheriklikni qayta yo‘lga qo‘yganini alohida ta’kidlash joiz. O‘tgan davrda bankning mamlakat strategiyasi va qo‘shma "yo‘l xaritasi" qabul qilindi va amalga oshirilmoqda.

Yangi investitsiyalar hajmi 1,1 milliard dollarga yetib, energetika, issiqlik va suv ta’minoti, kommunikatsiyalar, yo‘l va uy-joy qurilishi kabi ustuvor tarmoqlarga yo‘naltirilgan. Ayni paytda, YeTTB kiritgan sarmoyaning uchdan bir qismi xususiy sektor tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilmoqda.

Toshkentdagi vakolatxonadan tashqari bank Andijonda o‘z ofisini ochdi, joriy yilning oxirigacha Urganchda ham ochishni rejalashtirmoqda.

Davlatimiz rahbari ikki tomonlama hamkorlikda bunday yuksak darajaga erishilganida Suma Chakrabartining shaxsiy hissasi va faol sa’y-harakatlarini alohida qayd etdi. 

Uchrashuvda uzoq muddatli istiqbolga mo‘ljallangan amaliy hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari batafsil ko‘rib chiqildi.

YeTTB prezidenti ushbu yetakchi xalqaro moliyaviy tashkilot O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar dasturiga har tomonlama ko‘maklashishni davom ettirish hamda sheriklik ko‘lamini tubdan kengaytirishga tayyor ekanini bildirdi.

Infratuzilmani modernizatsiya qilish, bank sohasi, to‘qimachilik va sanoatning boshqa tarmoqlarini rivojlantirish, kichik biznes tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ustuvor loyihalarni ishlab chiqish va ilgari surishga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, mamlakatimiz iqtisodiyotiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar, ilg‘or tajriba, bilim va texnologiyalarni jalb qilishga qaratilgan qo‘shma tadbirlarning rejasi va kun tartibi yuzasidan fikr almashildi.

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo