Aholining madaniy hordiq chiqarishi uchun qulayliklarni oshirish bo‘yicha ko‘rsatma berildi
28.02.2020
Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev Yashnobod tumanidagi Mudofaa vazirligiga qarashli Ma’naviyat va ma’rifat markazini borib ko‘rdi.
Bu markaz binosi 1980-yilda qurilgan. Hozirda unda Qurolli Kuchlar ansambli, Markaziy harbiy orkestr, “Turon” davlat harbiy teatri, bichish-tikish korxonasi va bolalar to‘garaklari joylashgan. Lekin imkoniyatlardan to‘la foydalanilmayotgan edi.
Prezident markaz binosini rekonstruksiya qilib, undan maqsadli foydalanish, davlat-xususiy sheriklik asosida ko‘ngilochar maskan tashkil etish zarurligini ta’kidladi.
Bu yerda konsertlar, bayram tadbirlari o‘tkaziladi. Atrof obodonlashtirilib, tadbirkorlar ishtirokida savdo va xizmat ko‘rsatish shoxobchalari tashkil etiladi.