icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
O‘zbekiston Prezidenti Vengriya delegatsiyasini qabul qildi

18.02.2020

18-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev hukumatlararo qo‘shma komissiyaning navbatdagi yig‘ilishini o‘tkazish uchun amaliy tashrif bilan mamlakatimizda bo‘lib turgan Vengriya tashqi iqtisodiy aloqalar va tashqi ishlar vaziri Peter Siyyarto boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

Davlatimiz rahbari O‘zbekiston va Vengriya o‘rtasidagi an’anaviy do‘stlik va ko‘p qirrali sheriklik munosabatlari oxirgi yillarda izchil rivojlanib borayotganini katta mamnuniyat bilan qayd etdi.

Turli darajada samarali muloqotlar yo‘lga qo‘yildi. Mamlakatlarimiz o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi o‘tgan yil yakunlariga ko‘ra 45 foizga ortdi. Qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat sanoati, farmatsevtika va boshqa tarmoqlarda qo‘shma loyihalar amalga oshirilmoqda. Ta’lim, madaniyat va turizm sohasidagi almashinuvlar kengaymoqda.

Peter Siyyarto samimiy qabul uchun O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga minnatdorlik bildirib, Vengriya Bosh vaziri Viktor Orbanning eng ezgu tilaklarini yetkazdi.

Uchrashuvda ikki tomonlama hamkorlik va mintaqaviy, jumladan, Yevropa Ittifoqi bilan muloqot formatidagi sheriklikning dolzarb masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Vengriyaning yetakchi kompaniyalari ilg‘or tajribasi va zamonaviy texnologiyalarini joriy etgan holda qo‘shma investitsiya loyihalarini amalga oshirish hamda ularni moliyalashtirishga alohida e’tibor qaratildi.

Hududlararo aloqalarni rivojlantirish, bank, transport sohalariga oid dastularni amalga oshirish, yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash istiqbollari muhokama qilindi.

Bo‘lajak oliy darajadagi uchrashuvlar rejasi ham ko‘rib chiqildi.
 

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo