icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
O‘zbekiston va Hindiston Prezidentlari bir-birlarini qutladilar

20.03.2017

O‘zbekiston Respublikasi bilan Hindiston Respublikasi o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 25-yilligi munosabati bilan Hindiston Prezidenti Pranab Mukerji O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga tabrik yo‘llagan. 

Hindiston Prezidenti qutlovida bunday deyiladi: "Siz Janobi Oliylariga, O‘zbekiston Respublikasi hukumati va xalqiga mamlakatlarimiz o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 25-yilligi munosabati bilan o‘zimning samimiy tabriklarimni yo‘llashdan g‘oyat mamnunman. 

Hindiston bilan O‘zbekiston o‘rtasida ko‘p asrlik do‘stlik va hamkorlik rishtalari mavjud. Hamkorligimiz ikki tomonlama asosda, shuningdek, butun dunyoda tinchlik va osoyishtalikni saqlash, xalqlarimiz taraqqiyoti va farovonligi yo‘lida xalqaro forumlar doirasida izchil rivojlanib borayotganini mamnuniyat bilan ta’kidlayman. O‘tgan 25-yil davomida biz yanada yaqinlashdik va strategik sheriklik munosabatlarimiz o‘zaro manfaatli barcha sohalarda mustahkamlandi". 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev o‘z qutlovida dunyodagi dolzarb masalalar yuzasidan ikki mamlakatning siyosati va pozitsiyasi yaqinligini, BMT va boshqa nufuzli xalqaro tuzilmalar doirasida hamkorlikni yanada rivojlantirish, bir-birini o‘zaro qo‘llab-quvvatlash amaliyotini davom ettirish O‘zbekiston bilan Hindiston manfaatlariga mos kelishini ta’kidlagan. 

Davlatimiz rahbari "O‘zbekiston barcha yo‘nalishlar, xususan, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, ilmiy-texnikaviy, madaniy-gumanitar sohalardagi munosabatlarni yanada kengaytirish, buning uchun mavjud ulkan salohiyatdan to‘liq foydalanishga tayyor" ekanini qayd etgan. 

Prezidentimiz mamlakatlarimiz birgalikdagi sa’y-harakatlari bilan teng huquqli va uzoq muddatli hamkorlikni O‘zbekiston va Hindiston xalqlari manfaatlari yo‘lida sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqishiga ishonch bildirgan. 

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo