24.01.2020
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 98-moddasiga muvofiq Vazirlar Mahkamasi yangi saylangan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi oldida oʻz vakolatlarini zimmasidan soqit qilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining taklifiga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining 2020-yil 21-yanvardagi qarorlariga muvofiq, Bosh vazir lavozimiga A.N. Aripov tasdiqlangan.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2020-yil 22-yanvardagi tegishli qarorlariga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining aʼzoligiga nomzodlar maʼqullangan.
1. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 98-moddasiga muvofiq:
Aripov Abdulla Nigmatovich – Bosh vazir;
Ramatov Achilbay Jumaniyazovich – Bosh vazirning birinchi oʻrinbosari;
Kuchkarov Djamshid Anvarovich – Bosh vazirning oʻrinbosari –Oʻzbekiston Respublikasi moliya vaziri;
lavozimi boʻyicha – Bosh vazirning investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari boʻyicha oʻrinbosari;
lavozimi boʻyicha – Bosh vazirning taʼlim va sogʻliqni saqlash masalalari boʻyicha oʻrinbosari;
Abduxakimov Aziz Abdukaxarovich – Bosh vazirning oʻrinbosari –Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi;
Basitxanova Elmira Irkinovna – Bosh vazirning oʻrinbosari –Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi raisi;
Vazirliklar
Kamilov Abdulaziz Xafizovich – Tashqi ishlar vaziri;
Xodjayev Batir Asadillayevich – Iqtisodiyot va sanoat vaziri;
Davletov Ruslanbek Kuroltayevich – Adliya vaziri;
Kurbanov Baxodir Nizamovich – Mudofaa vaziri;
Bobojonov Poʻlat Razzaqovich – Ichki ishlar vaziri;
Umurzakov Sardor Uktamovich – Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri;
Xodjayev Jamshid Abduxakimovich – Qishloq xoʻjaligi vaziri;
Xamrayev Shavkat Raximovich – Suv xoʻjaligi vaziri;
Xusanov Nozim Baxtiyorovich – Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri;
Shadmanov Alisher Kayumovich – Sogʻliqni saqlash vaziri;
Madjidov Inom Urishevich – Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri;
Shermatov Sherzod Xotamovich – Xalq taʼlimi vaziri;
Shin Agrippina Vasilyevna – Maktabgacha taʼlim vaziri;
Nazarbekov Ozodbek Axmadovich – Madaniyat vaziri;
Sadikov Shuxrat Muxamadjanovich – Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri;
Saliyev Muzaffar Xaldarbayevich – Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vaziri;
Abduraxmonov Ibroxim Yulchiyevich – Innovatsion rivojlanish vaziri;
Nabiyev Dilmurod Xamidullayevich – Jismoniy tarbiya va sport vaziri;
Zakirov Batir Irkinovich – Qurilish vaziri;
Ganiyev Elyar Majidovich – Transport vaziri;
Sultanov Alisher Saidabbasovich – Energetika vaziri;
lavozimi boʻyicha – Favqulodda vaziyatlar vaziri;
Davlat qoʻmitalari
Azimov Murotjon Berdialiyevich – Davlat bojxona qoʻmitasi raisi;
Musayev Bexzod Anvarovich – Davlat soliq qoʻmitasi raisi;
Gulyamov Baxtiyor Vaxabovich – Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi raisi;
Ismoilov Oybek Ortiqovich – Mudofaa sanoati davlat qoʻmitasi raisi;
Begalov Baxodir Abdusalomovich – Davlat statistika qoʻmitasi raisi;
Abdullayev Abdushukur Xamidovich – Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi raisi;
Kuchkarov Baxrom Tulkinovich – Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi raisi;
Islamov Bobir Farxadovich – Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi raisi;
Norqobilov Baxromjon Turayevich – Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi;
Bakirov Nizomidin Jalilovich – Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi raisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi aʼzolari etib tasdiqlansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 98-moddasiga muvofiq Qoraqalpogʻiston Respublikasi hukumatining boshligʻi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tarkibiga lavozimi boʻyicha kiradi.
2. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyev