icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
Amaliy natijadorlik va xalq manfaatlarini roʻyobga chiqarish – asosiy mezon

21.01.2020

Joriy hafta mamlakatimiz siyosiy hayotida muhim voqealarga boy boʻlmoqda. Kecha yangi shakllangan parlament palatalarining birinchi majlislari oʻtkazildi. Bugun Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatining qoʻshma majlisi boʻlib oʻtmoqda.

Majlisni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri Nurdinjon Ismoilov ochdi.

Oʻzbekiston Respublikasi davlat madhiyasi yangradi.

Muvaqqat kotibiyat va nazorat guruhi tuzilib, kun tartibi tasdiqlandi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev oʻz nutqida ijtimoiy sohalar sifatini yaxshilash hamda qamrovini kengaytirish, iqtisodiyotning ustuvor yoʻnalishlarini oʻrta va uzoq muddatda jadal rivojlantirish boʻyicha 3 yilda 30 dan ortiq konsepsiya va strategiyalar qabul qilinganini taʼkidladi.

– Biz uzoq yillar katta-katta raqamlarga mahliyo boʻlib yurdik. Lekin bu raqamlar xalqimizga manfaat keltirmadi. Shu bois asosiy maqsadimiz aholi jon boshiga toʻgʻri keladigan daromadni oshirish, iqtisodiyotni barqaror rivojlantirish va buni odamlar hayotida, dasturxonida sezadigan qilish. Oʻtgan yillarda birinchi qadamlar qoʻydik. Lekin hali koʻzlangan natijalarga erishganimiz yoʻq. Biron bir sohani mukammal deb ayta olmaymiz, – dedi davlatimiz rahbari.

Hukumat zimmasiga yuklatilgan vazifalarni toʻliq uddalayapti, deyishga hali erta ekani, xalq koʻproq va aniq natijalar kutayotgani qayd etildi.

– Joylarda juda koʻplab muammo va masalalar oʻz yechimini topishi zarur. Odamlarimizning talab va ehtiyojlari kun sayin oʻsib bormoqda, – dedi davlatimiz rahbari. – Shuning uchun, yangi hukumatning barcha aʼzolaridan oʻzi masʼul va javobgar boʻlgan sohalarga tanqidiy yondashib, kelgusidagi ishlarni ortigʻi bilan bajarish, xalqimiz va parlamentga berilgan vaʼdalar ustidan toʻliq chiqish talab etiladi. Bir soʻz bilan aytganda, amaliy natijadorlik va xalq manfaatlarini roʻyobga chiqarish hukumatning har bir aʼzosi faoliyatini baholashning asosiy mezoni boʻladi.

Qayd etilganidek, kelgusi besh yil uchun yuqori iqtisodiy oʻsishni taʼminlash, soliq-byudjet siyosatini takomillashtirish, sanoat tarmoqlari, energetika, transport, qishloq xoʻjaligi, uy-joy va kommunal sohalarni rivojlantirish borasida katta marralar belgilab olingan.

Oxirgi ikki yilda mamlakatimiz yalpi ichki mahsuloti 44 milliard dollardan 58 milliard dollarga oʻsgan. Majlisda bu koʻrsatkichni ikki barobar oshirib, 100 milliard dollarga yetkazish, inflyatsiya darajasini 5 foizgacha kamaytirish, ishlab chiqarilayotgan isteʼmol mahsulotlari hajmini koʻpaytirish hukumat, Markaziy bank va barcha darajadagi hokimlarning umumiy vazifasi boʻlishi kerakligi taʼkidlandi.

Majlis davom etmoqda.

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo