icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
Qonunchilik palatasining birinchi majlisi boshlandi

20.01.2020

Toshkent shahrida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining saylovdan keyingi birinchi majlisi boshlandi.

Unda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirok etmoqda.

Majlisni Markaziy saylov komissiyasi raisi Mirzo-Ulugʻbek Abdusalomov ochdi.

Oʻzbekiston Respublikasining davlat madhiyasi yangradi.

Birinchi majlisning Muvaqqat kotibiyati, Sanoq komissiyasi hamda Ovozlarni hisoblash elektron tizimidan foydalanishni nazorat qiluvchi muvaqqat guruh saylab olindi va kun tartibi tasdiqlandi. Markaziy saylov komissiyasi raisi Qonunchilik palatasiga boʻlib oʻtgan saylov yakunlari toʻgʻrisida axborot berdi.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamentiga muvofiq, quyi palata Spikerini saylash uchun Siyosiy partiyalar vakillari kengashi tuzildi. Mazkur kengashning taklifiga binoan, deputatlar yashirin ovoz berish yoʻli bilan Nurdinjon Ismoilovni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri etib sayladilar.

Davlatimiz rahbari Spikerning bilim va tajribasi, fidoyiligini taʼkidlab, uning va palataning ishiga muvaffaqiyat tiladi.

- Sizlar tarixiy davrda tarixiy deputatlar boʻlib saylandilaringiz. Bunga har kuni, har daqiqa munosib boʻlishingiz, xalqchil qonunlar qabul qilib, aholi farovonligiga hissa qoʻshishingiz kerak, - dedi Prezident.

Shundan soʻng majlisga raislik qilish vakolati Spikerga oʻtdi. Nurdinjon Ismoilov majlis kotibiyatiga kelib tushgan, 5 ta siyosiy partiya fraksiyasi rahbarlari tomonidan fraksiyalar tuzilganligi toʻgʻrisidagi taʼsis bayonnomalarini oʻqib eshittirdi. Shunga asosan Qonunchilik palatasidagi siyosiy partiyalar fraksiyalari roʻyxatga olindi.

Deputatlar Qonunchilik palatasi Spikerining yangi taʼsis etilgan birinchi oʻrinbosari lavozimiga deputat Akmal Saidovni, Spikerining oʻrinbosarlari lavozimlariga Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasi fraksiyasi rahbari Aktam Xaitovni, Oʻzbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi fraksiyasi rahbari Alisher Qodirovni, Oʻzbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi fraksiyasi rahbari Narimon Umarovni, Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasi fraksiyasi rahbari Ulugʻbek Inoyatovni va Oʻzbekiston Ekologik partiyasi fraksiyasi rahbari Boriy Alixonovni sayladilar.

Majlis davom etmoqda.

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo