Eronda yo‘lovchi samolyot halokatga uchragani munosabati bilan hamdardlik
08.01.2020
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Tehron shahri yaqinida Ukrainaning yo‘lovchi samolyoti qulashi oqibatida ko‘plab insonlar halok bo‘lgani munosabati bilan Ukraina va Eron Prezidentlariga hamdardlik maktublari yo‘lladi.
Davlatimiz rahbari marhumlarning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur ta’ziya izhor etdi.