icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
Shavkat Mirziyoyev va Gurbanguli Berdimuhamedov telefon orqali so‘zlashdilar

30.12.2019

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 30-dekabr kuni Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov bilan telefon orqali muloqot qildi.

Ikki qardosh mamlakat rahbarlari kirib kelayotgan Yangi yil munosabati bilan bir-birlarini samimiy qutladilar.

Joriy yil noyabr oyida Turkmaniston Prezidentining O‘zbekistonga amalga oshirgan tashrifi hamda Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining Toshkentda o‘tgan ikkinchi Maslahat uchrashuvining samarali natijalari mamnuniyat bilan qayd etildi.

Yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik ruhidagi munosabatlar mustahkamlangani, eksport-import amaliyotlari hajmining oshgani, energetika, qishloq xo‘jaligi, sanoat va transport sohalarida kooperatsiya loyihalari amalga oshirilayotgani ikki tomonlama hamkorlikning muhim natijalari sifatida e’tirof etildi.

Madaniy-gumanitar almashinuvlarni kengaytirish muhim ekani ta’kidlandi.

Suhbat chog‘ida mintaqaviy hamkorlik va xalqaro siyosatga doir masalalar ham muhokama qilindi.

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo