icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
O‘zbekiston Prezidenti Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki prezidentini qabul qildi

16.03.2017

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 16-mart kuni tashrif bilan mamlakatimizda bo‘lib turgan Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining (ETTB) prezidenti Suma Chakrabartini qabul qildi. 

Davlatimiz rahbari mehmonni qutlar ekan, O‘zbekiston va YeTTB o‘rtasida o‘zaro manfaatli va uzoq muddatli hamkorlikni rivojlantirish muhimligini alohida qayd etdi. 

Kichik biznes va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, bank-moliya sektori, infratuzilmani, ayniqsa, qishloq joylarda modernizatsiya qilish, shuningdek, agrosanoat kompleksi, kimyo va neft-kimyo, metallurgiya sanoatida zamonaviy ishlab chiqarishlarni tashkil etish, elektrotexnika mahsulotlari ishlab chiqarish va boshqa sohalardagi istiqbolli dastur hamda loyihalar hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari etib belgilandi. 

Mazkur bank bilan hamkorlik yillarida O‘zbekiston iqtisodiyotining turli tarmoqlarida YeTTBning 500 million dollardan ziyod mablag‘ini jalb etgan holda 54 loyiha hayotga tatbiq etildi. 

Uchrashuvda istiqbolga mo‘ljallangan qo‘shma Hamkorlik dasturini tayyorlash, kichik biznes subyektlari loyihalarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va ularga ko‘maklashishga doir tadbirlar o‘tkazish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. 

ETTB prezidenti Suma Chakrabarti Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevga samimiy qabul va o‘zaro munosabatlarni rivojlantirish masalalarini qo‘llab-quvvatlayotgani uchun minnatdorlik bildirdi va O‘zbekiston bilan uzoq muddatli hamda keng ko‘lamli hamkorlikni rivojlantirishga tayyor ekanini ta’kidladi. 

Evropa tiklanish va taraqqiyot banki prezidenti mamlakatimizga tashrifi dasturiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati, Vazirlar Mahkamasi, vazirlik va idoralarda ham qator muzokaralar o‘tkazdi. Uchrashuvlar yakunlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi bilan Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida memorandum va Tabiatni muhofaza qilish sohasiga texnik ko‘maklashish loyihasini amalga oshirish bo‘yicha bitim imzolandi. 

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo